NFT sertifikati domen egasiga domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati davomida ushbu domenga egalik qilishning mutlaq huquqini kafolatlaydi. Domen nomlari uchun NFT sertifikati blokcheyn tarmog‘ida raqamli iz yaratish orqali ishlaydi, bu esa domen nomi va uning egasini bog‘laydi.
Sertifikat muddati domenning tugash muddatiga teng. Domenni yangilashda sertifikat uzaytirilmaydi. Shuningdek, domen nomini o‘tkazishda NFT sertifikati yangi egasiga o‘tmaydi.
Natija
NFT-sertifikat elektron shaklda yaratiladi va domen egasining elektron pochtasiga yuboriladi. Olingan NFT sertifikatini NFT sertifikatlari reyestrida tekshirish mumkin.
Narx
Jismoniy shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tgan domen uchun NFT-sertifikat - 55 000 so‘m. Yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tgan domen uchun NFT sertifikati - 85 000 so‘m.
Foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini xavfsiz saqlang va veb-saytingizning qidiruv natijalariga ta’sir qiling. \
SSL sertifikatlarining narxi yiliga 118 000 so‘mdan boshlanadi.
Domen uchun NFT sertifikati xizmati sizni qiziqtirdimi?
NFT sertifikatlari turlari bilan tanishib chiqing va vazifalaringizga mosini tanlang.